Avtomobillarni ta’mirlash chilangari

Avtomobillarni ta’mirlash chilangari kasbi doirasida beriladigan kvalifikastiyalar:
  • Avtomobillarni ta’mirlash chilangari
  • “B” yoki “BC” toifali avtomobil haydovchisi.

Ushbu kasb Umum ta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidagi shakllantirilgan guruxlarda o’qish muddati 2 yillik
Shu guruxlarda kasb doirasida beriladigan kvalifikastiyalardan birortasini muvaffaqqiyatli o’zlashtirgan shaxslarga belgilangan namunadagi diplom beriladi va mexnat bozorida ishlash huquqi beriladi. Egallanmagan kvalifikastiyalarni qayta o’zlashtirishga ruxsat beriladi va mazkur kvalifikastiyani muvaffaqqiyatli o’zlashtirganlarga belgilangan tartibda sertifikat beriladi.

Ta’limni davom ettirish imkoniyatlari.

Avtomobillarni ta’mirlash chilangari kasbi bitiruvchisi keyinchalik kasbiy ta’limini chuqurlashtirish maqsadida:

  • kadrlar malakasini oshirish tizimida, tarmoq o’quv muassasalarida va maxsus kurslarida malakani oshirishi;
  • kasbiy faoliyatning tegishli soxasida yanada yuqoriroq malakaga erish maqsadida oliy ta’lim muassasasida o’qishni davom ettirishi mumkin.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat soxasi:

Barcha turdagi yengil va yuk avtomobil transportiga texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash va boshqarish ishlarini mexnat muxofazasi qoidalariga amal qilgan xolda bajarish.

Bitiruvchining kasbiy faoliyat ob’ektlari:
  • avtotransport vositalari;
  • avtotransport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash uchun texnik jixozlar, moslamalar va asboblar;
  • avtotransport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashga oid texnik xujjatlar.
"B" yoki "BC" toifali avtomobil haydovchisi kvalifikastiyasi bo’yicha:
  • maxsus jixozlangan yengil va yuk avgomobillari;
  • atomobillarning qismlarga ajratilgan konstrukstiyalari va trenajerlar;
  • avtotransport vositasiga texnik xizmat ko’rsatish uchun zarur asbob- uskunalar majmui, yo’lga chiqishdan oldin transport vositasini ko’rikdan o’tkazish va harakatlanish jarayonida transport vositasining texnik xolatini nazorat qilish;
  • plakat va stendlar;
  • yo’l harakati qoidalari va harakat xavfsizligiga doyr stendlar to’plami;
  • texnik xujjatlar;
Avtomobillarni ta’mirlash chilangari kasbi bo’yicha ta’lim oluvchi quyidagi faoliyat turlariga tayorlanadi;
  • Avtomobillarni ta’mirlash chilangari kvalifikastiyasi bo’yicha:

    Avtomobillarning agregat tizimlari, mexanizmlari va detallarini texnik xolatini aniqlash, avtomobillarga texnologik xujjatlar talablariga asosan texnik xizmat ko’rsatish va turli rusumdagi avtomobillarni texnologik xujjatlar talablariga asosan joriy ta’mirlash.

  • "B" yoki "BC" toifali avtomobil xaydovchisi kvalifikastiyasi bo’yicha:

    Yo’lga chiqishdan oldin transport vositasini kurikdan o’tkazish va harakatlanish jarayonida transport vositasining texnik xolatini nazorat qilish, harakatlanish jarayonida yuzaga kelgan nosozliklarni xavfsizlik texnikasi talablariga rioya etgan xolda bartaraf etish, transport vositasini texnik qarovida xamda yuk ortish va tushirishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etish va avtomobillarni boshqarish.

Ta'lim yo'nalishlari

Neftgaz mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash qurulmalari operatori
Avtomobillarni ta'mirlash chilangari ("B" yoki "BC" toifali haydovchi)