
Kompressor qurilmalari mashinisti
Kompressor qurilmalari mashinisti kasbi doirasida beriladigan kvalifikatsiyalar:Kompressor qurilmalari mashinisti
Umumta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik. Kamida umumiy o’rta ma’lumotga ega bo’lgan shaxslar hisobidan shakllantirilgan guruhlarda tanlangan kvalifikatsiyalar sonidan kelib chiqib o’qish muddati belgilanadi. Bu guruhlarda kasb doirasida beriladigan kvalifikatsiyalardan birortasini muvaffaqqiyatli o’zlashtirgan shaxslarga belgilangan namunadagi diplom beriladi va mehnat bozorida ishlash huquqi beriladi. Egallanmagan kvalifikatsiyalarni qayta o’zlashtirishga ruxsat beriladi va mazkur kvalifikatsiyani muvaffaqiyatli o’zlashtirganlarga belgilangan tartibda sertifikat beriladi.

Ta’limni davom ettirish imkoniyatlari.
Kompressor qurilmalari mashinisti kasbi bitiruvchisi keyinchalik kasbiy ta’limini chuqurlashtirish maqsadida: kadrlar malakasini oshirish tizimida, tarmoq o’quv muassasalarida va maxsus kurslarida malakani oshirishi; kasbiy faoliyatning tegishli sohasida yanada yuqoriroq malakaga erishish maqsadida oliy ta’lim muassasasida o’qishni davom ettirishi mumkin. O’qishga qabul shartlari. O’qishga qabul shartlari amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladi. Bitiruvchilarning kasbiy faoliyati tavsifi Bitiruvchining kasbiy faoliyat sohasi: barcha turdagi bino va inshootlarni qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilishda mustahkamlash, beton va tosh terish hamda elektr payvandlash ishlarini mehnat muhofazasi qoidalariga amal qilgan holda bajarish.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat ob’yektlari:
Kompressor qurilmalari mashinisti kvalifikatsiyasi bo’yicha:
Turli konstruksiyadagi kompressorlar tuzilishi Kompressor larning ehtiyot qismlari Bosim ostida ishlovchi apparatlar;
dvigatellar;
kompressorlar;
chilangarlik asboblari;
moylovchi-sovituvchi apparatlar; ichki, texnik va ma’lumotnoma hujjatlar. Montajoldi ishlarga tayyorgarlik ko’rish kompressor qurilmalarini o’rnatish;
poydevorlarni tayyorlash yuk ko’tarish moslamalari vallarni markazlashtirish moslamasi texnik va ma’lumotnoma hujjatlar. O’lchov vositalari va birliklari;
chilangarlik asbob anjomlari;
rezbali birikmalarni yig’ish materiallar tarkibi;
texnik va ma’lumotnoma hujjatlar.
Kompressor qurilmalari mashinisti kasbi bo’yicha ta’lim oluvchi quyidagi faoliyat turlariga tayyorlanadi:
Kompressor qurilmalari mashinisti kvalifikatsiyasi bo’yicha:
Kompressor qurilmalari turlari, tuzilishi va ularni ishlatish qoidalarini bilishi;
Kompressorlarni ishga tushirish ishlarini bajarish;
Kompressor jihozlarini yig’ish tartibini bilishi;
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariya xolatlarini bartaraf etish rejasini bilishi;
Kompressorlarni ehtiyot qismlarini bilishi;
Kompressor qurilmasining texnologik rejimining normal ishlash parametrlari;
Poydevorlarni montaj ishlari uchun tayyorlash ishlari va qabul qilishni bilish;
Yuk ko’tarish mexanizmlari bilan ishlay olish;
Texnologik jarayonni yaxshilash uchun rasionalizatorlik va ixtirochilik ishlarini amalda bajarish;
Rezbali birikmalar va tishli uzatmalarni yig’ish;
Kompressor elektrodvigatelini montaj qilishni bilish;
Kompressor qurilmalari va kompressor stansiyalarining sxemalarini o’qiy olish;
Murakkab ish va montaj chizmalarini o’qish qoidalarini bilish;
Kompressor uskunasining tashqi va ichki tekshiruvlarini o’tkazishni bilish;
Kompressor va kompressor agregatlarining asosiy va yordamchi qurilmalari, oddiy birikmalar va mexanizmlarni nosozliklarini aniqlashni bilish;
Ta’mirlash davrida kompressor qurilmalari mashinistining ish joyini tayyorlash va xizmat ko’rsatish ishlarini bilish;
Kompressor qurilmalari, jixozlari va agregatlarini texnik ko’rigdan o’tkazish va rejali oldini olish ta’mirlash ishlari davomida bajariladigan ishlar ketma-ketligini bilish;
Chilangarlik ishlarini bajarishda nuqsonlarni bartaraf etishni bilish; Detallar chizmasini o’qiy olish;
