Politexnikum haqida

Qorovulbozor sanoat va transport kasb–hunar kolleji O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi ПФ-5812-sonli «Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmoniga muvofiq kasb-hunar maktabiga aylantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16-oktyabrdagi PF-158-sonli farmoniga muvofiq Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabi negizida Qorovulbozor tuman politexnikumi tashkil etildi.
Politexnikumning quvvati-600 o’rinli.
Yotoqxona quvvati-100 o’rinli.
Oshxona quvvati-60 o’rinli.
O’quv ustaxonalari 6 ta.
Axborot resurs markazi fondi 9500 dan ortiq adabiyotlar va 6 ta zamonaviy kompyuterli elektron kutubxonadan iborat.

Ta’lim muassasalarida tayyorlanadigan kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv-laboratoriya va ustaxona jihozlarining mavjudligi, foydalanish holati;
Politexnikumda 6 ta kasb tayyorlanib shundan “Avtomobillarni ta’mirlash chilangari”, “Payvandlovchi (Elektrgazpayvandlash ishlari)”, “Elektromontyor”, “Tikuvchilik” kasblari bo‘yicha o‘quv ustaxonasi mavjud

Ta'lim yo'nalishlari

Neftgaz mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash qurulmalari operatori
Avtomobillarni ta'mirlash chilangari ("B" yoki "BC" toifali haydovchi)