
Tez-tez beriladigan savollar
Politexnikum nima o’zi ?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16-oktyabrdagi PF-158-sonli farmoniga muvofiq Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabi negizida Qorovulbozor tuman politexnikumi tashkil etildi.
Politexnikumga o’quvchilar necha yoshdan qabul qilinadi?
Endilikda 9-sinf bitiruvchilari ixtiyoriy ravishda 11-yillikni davom ettirishi yoki davlat budjeti xisobidan kasb-hunar o’rganish yani kasb-hunar maktablariga xujjat topshirishlari mumkin.
Politexnikumni umumiy o’rta ta’lim maktabidan qanday farqi bor?
Politexnikumlarda o’quvchilarga o’qitiladigan umumta’lim fanlari qisqartiriladi, o’zining tanlagan yo’nalishi bo’yicha kasbga yo'naltiriladi.
Prezident qarorida quyidagilar belgilanadi:
- O’quvchilarga eng kam ish xaqini bir barobari miqlorida oylik stipendiya
- 3 mahal Oziq ovqat yoki Qo’shimcha ovqat puli
- O’quvchilar tekin turar joyi bilan ta’minlanadi.
Bular xammasi davlat budjeti hisobidan.
Politexnikumda o’qish muddati qancha?
Ikki yil.
Politexnikumni tugatgan bitiruvchilarga qanday hujjat beriladi?
Davlat namunasidagi Professional ta’lim to'g’risida Diplom beriladi.
