
Axborot xizmati
Texnikum axborot xizmati bo‘linmasining asosiy xizmat vazifalari: • Texnikumning axborot siyosatini amalga oshirishga qaratilgan media-rejani ishlab chiqish; • hududiy OAV pozitsiyasi hamda hududdagi jamoatchilikning texnikum faoliyatiga nisbatan fikri to‘g‘risida texnikum rahbariyatini tezkor xabardor qilish; • texnikum rahbariyatiga muammolar to‘g‘risida qisqa axborot xabarlarini muntazam taqdim etib turish; • texnikum faoliyati to‘g‘risida yangiliklar, lavhalar va boshqa materiallarning chiqishi uchun axborot rejasini ishlab chiqish; • texnikum faoliyatiga daxldor axborot materiallarini tayyorlash (matbuot xabarnomalari, video va audiomateriallar, intervyu va hokazo); • OAV, boshqa tashkilot va fuqarolar tomonidan texnikum faoliyati yuzasidan berilishi mumkin bo‘lgan savollariga javoblarni oldindan tayyorlash; • kelishilgan holda, texnikum direktorining matbuot anjumanlari, brifinglar, intervyu va fuqarolar bilan uchrashuvlarini tashkil etish hamda o‘tkazish; • texnikumning rasmiy veb-sayti uchun axborotni tayyorlash va joylashtirish.
