
Qorovulbozor tuman politexnikumida ta’lim sohasidagi yangi qonunchilik hujjatlari tushuntirildi
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 10-fevraldagi 3/31-4/1-957-sonli topshirig‘iga asosan, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. 🔹 Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentabrdagi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi talablariga muvofiq, normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati tegishli tashkilotlar va jamoatchilikka yetkazilishi ta’minlanmoqda. 📌 Shu bilan birga, 2024-yil 7-sentyabrda qabul qilingan “Ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-957-sonli Qonunning 25-moddasi asosida, ta’lim sohasidagi islohotlar bo‘yicha tushuntirish ishlari keng yo‘lga qo‘yildi. Qorovulbozor tuman politexnikumida quyidagi targ‘ibot ishlari olib borilmoqda: ✅ Ma’rifat darslari doirasida pedagog-xodimlar va talaba-yoshlarga tushuntirish ishlari olib borilmoqda; ✅ Politexnikumning rasmiy Telegram kanali orqali yangiliklar yoritilmoqda; ✅ Normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda; ✅ Talabalarga qonunchilikdagi o‘zgarishlar tushuntirilib, ularning huquqiy savodxonligi oshirilmoqda. 🔎 Ushbu chora-tadbirlar ta’lim sohasidagi qonunchilik hujjatlari bilan keng jamoatchilikni tanishtirish va ularning mazmun-mohiyatini tushuntirishga xizmat qiladi.



Kasb-hunar maktabida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi
Yoshlarni kasb-hunarga oʻrgatish maqsadida tuman hokimligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining viloyat hududiy boshqarmasi hamda “Vatanparvar” tashkiloti hamkorligida tumandagi Kasb-hunar maktabida Ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Mazkur ochiq eshiklar kunida tumandagi umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan yuqori sinf oʻquvchilari taklif etildi.
Bugungi Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabida jami 471 nafar oʻquvchilar taxsil olmoqda. Ularga 42 nafar malakali pedagoglar tomonidan taʼlim berilmoqda.
Ushbu Kasb-hunar maktabida 6 yoʻnalishda yaʼni avtomobil dvigatellarini tashxislash va taʼmirlash, kompressor qurilmalari mashinisti, apparat va dasturiy taʼminot sozlovchisi, elektromontyor, kimyoviy ishlab-chiqarish jixozlari mexanik chilangari hamda avtomobillarni taʼmirlash chilangari yoʻnalishlarida oʻquvchilarga tahsil beriladi.
Shuningdek, avtomobillarni taʼmirlash chilangari kasblari oʻquvchilariga bepul “BC” toifali haydovchilik guvoxnomasi berilishi kasb-hunar maktabining imkoniyatlaridan biridir.
Xulosa qilib aytganda, bugungi ochik eshiklar kunida umumtaʼlim maktablarining yuqori sinf oʻquvchilari oʻzlarni qiziqtirgan kasblar boʻyicha batafsil maʼlumotlarga ega boʻlishdi.
✔️Maʼlumot oʻrniga aytish mumkinki, mazkur kasb-hunar maktabi 2023-2024 oʻquv yilida 7 yoʻnalish boʻyicha 9-sinf bitiruvchilarni oʻqishga qabul qilishni rejalashtirgan.
📊Tumandagi 8ta umumta’lim maktabining 250 nafardan ortiq o‘quvchilar tashrif buyurib shundan150 nafar o‘quvchilar o‘qish istagini bildirdilar.



Bugun 27-oktabr kuni Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabidagi o‘quvchilar yotoqxonasida istiqomat qiladigan o‘quvchilar uchun madaniy hordiq chiqarish maqsadida kasb-hunar maktabi iqtidorli san‘atkor o‘quvchilari tomonidan tashkil etilgan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. O‘quvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan turli kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijrosi, hamda havaskor QVZ jamoasi a‘zolari tomonidan sho‘x hazil sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.


BILIMDONLAR ZAKOVATDA SINALADI.
Qorovulbozor tuman kasb -hunar maktabida oʻquvchi yoshlar ishtirokida zakovat intellektual oʻyini oʻtkazildi. Zakovat oʻyinida maktabning toʻrtta jamoasi bilim borasida oʻzaro bellashdilar. Musobaqa natijalariga koʻra maktabning "ZUKKOLAR" jamoasi keyingi bosqichga yoʻllanma oldilar.


Ta'lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri sog'lom turmush tarzini shakllantirishdan iborat. Maktab o'quvchilar salomatligini saqlash va sog'lom turmush tarzini shakllantirishning dolzarb muammosiga e'tibor qaratadi. Xalq salomatligini himoya qilish jamiyatining ustuvor vazifalaridan biridir. Bugungi kunda mamlakat xavfsizligi, siyosiy barqarorligi va iqtisodiy farovonligi bolalar, o‘smirlar va yoshlarning umumiy salomatlik salohiyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Joriy yilning 17 dekabr kuni Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabi Biologiya fani o'qituvchisi Gulmira Barnoyeva va tarbiyachi Gulnoza Sobirovalar tashabbusi bilan Talabalar yotoqxonasida istiqomat qiluvchi o'quvchilar ishtirokida "Biz chekishga qarshimiz" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.







Ochiq dars
Joriy yilning 28-oktabr kuni, Apparat va dasturiy ta'minot sozlovchisi guruxi Axborot xavfsizligi fani o'qituvchisi Ashurova Feruza “Axborotlarni kriptografik himoyalash usullari" mavzusida ochiq dars o'tkazdi. Ochiq darsda Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabining I bosqich Apparat va dasturiy ta'minot sozlovchisi guruxi o'quvchilari juda qiziqish bilan yondashishdi va dars davomida faol qatnashishdi. Yangi metodlardan va videolardan foydalanildi. Ochiq darsni O'IBDO' Z. Aminov, O'quv bo'limi boshlig'i M. Qurbonova va Informatika fani o'qituvchisi M. Salomovlar tahlil qilib kuzatib borishdi. Axborot xavfsizligi fani o'qituvchisi Ashurova Feruzaning zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida o‘tkazilgan ochiq darsi o‘quvchilarda yuqori taassurot qoldirdi. Dars so‘ngida ochiq darsda qatnashgan faol va bilimdon o‘quvchilar faxriy yorliqlar bilan rag‘batlantirildi.






O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini 30 yilligiga bag’ishlangan “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik! ” shiori ostida kasb-hunar maktabida o‘tkazilayotgan mustaqillik darslaridan lavhalar

“Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!”
– Mustaqillik eng ulug‘, eng aziz ne’mat. Bugun biz erishgan va erishajak yuksak marralar, ozod va obod Vatanimiz manzaralari, avvalo, istiqlol sharofatidandir. – Shu boisdan, mustaqillik bayrami har yili eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadi. E’tiborlisi esa, har yilgi bayram tadbirlari o‘zgacha ma’no-mazmun kasb etadigan shior ostida nishonlanadi. Bu yilgi bayram Prezidentimiz qarori bilan “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan shiorni asosiy g‘oya sifatida o‘zida mujassam etgani alohida e’tibor va e’tirofga loyiq. 2021 yilda yurtimizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan barcha xalqaro madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, ilmiy konferensiyalar, ajdodlarimiz yubiley sanalarini mustaqillikning 30 yilligi g‘oyasi va ruhi bilan uyg‘un va hamohang holda tashkil etish va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar iqtisodiyotimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilaypdi. Istiqlolimiz, uning beqiyos ne’matlari, tinch va osoyishta hayotimizning qadr-qimmati haqida yoshlarga aniq misollar asosida tushunchalar berish barchamizning burchimizdir.
Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o’tkazildi.
O’sib kelayotgan yosh avlodga har tomonlama ma’nan va jismonan chuqur aqliy bilimga ega bo’lishlari uchun yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Kelajagimiz davomchilari bo’lgan yoshlarimiz ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanib, kasb tanlashda adashmasdan, ustozlari bergan bilimlarni to’liq o’zlashtirishlari lozim.
Bugungi kunda Professional ta’lim muassasalarida navbatdagi o’quv yili uchun kasb-hunar tanlash sifatini oshirish maqsadida tumandagi umumta’lim maktablarida targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabi o’qituvchilari tomonidan tumanda joylashgan umumta’lim maktablarining 9-sinf o’quvchilari o’rtasida targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilishi bilan birga mazkur maktab o’quvchilari kasb-hunarga taklif etilib, ularni kasb-hunar maktabida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 2021 yilning 18 mart kuni Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabi va tuman Xalq ta’limi bo’limi hamkorligida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o’tkazildi. Tadbirga Qorovulbozor tumanidagi umumta’lim maktablari o’quvchilari va pedagoglari taklif etildi.
Tadbirni o’tkazishdan ko’zlangan maqsad maktablardan taklif etilgan pedagog va 9-sinf o’quvchilarni kasb-hunar maktabida o’quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, o’quv ustaxonalari, kompyuter xonalari, fan va sport to’garaklari faoliyati, o’quvchilarga ta’lim berayotgan pedagoglarning sifat tarkibi, ta’lim sohasidagi yutuqlar, o’quvchilarning sportda va fanda erishgan yutuqlari, kasb-hunar maktabi bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalarida o’qishni davom ettirish darajasi bilan yaqindan tanishtirish hamda kasb-hunar tanlashlarini yanada oshirishdir.
Tadbir davomida pedagoglar va maktab o’quvchilar kasb-hunar maktabida o’quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun tayyorlangan o’quv ustaxonalari, kompyuter xonalari, maxsus fanlar sinf xonalari, sport zallari, kutubxona hamda to’garaklar faoliyati bilan tanishishlari uchun kasb-hunar maktabi bo’ylab sayohat tashkil etildi.
Tadbirda maktab o’quvchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga etarli javoblarni olishdi.
