
Neftgaz mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash qurilmalari operatori.
Ushbu kasb Umumta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda o'qish muddati 2 yillik.
Bu guruhlarda kasb doirasida beriladigan kvalifikastiyalardan birortasini muvaffaqqiyatli o’zlashtirgan shaxslarga belgilangan namunadagi diplom beriladi va mehnat bozorida ishlash huquqi beriladi.
Neftgaz mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash qurilmalari operatori
kasbi bitiruvchisi keyinchalik kasbiy ta’limini chuqurlashtirish maqsadida:
- kadrlar malakasini oshirish tizimida, tarmoq o’quv muassasalarida va maxsus kurslarida malakani oshirishi;
- kasbiy faoliyatning tegishli sohasida yanada yuqoriroq malakaga erish maqsadida oliy ta’lim muassasasida o’qishni davom ettirishi mumkin.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat ob’ektlari:
- bosim ostida ishlovchi apparatlar;
- texnologik ustanovka;
- texnologik sxema;
- o’lchov nazorat asboblar;
- himoyalovchi ogoxlantiruvchi moslamalar;
- texnik va ma’lumotnoma hujjatlar.
Neftgaz mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash qurilmalari operatori kasbi bo’yicha ta’lim oluvchi qo’yidagi faoliyat turlariga tayyorlanadi.
- texnologik jixozlarni ishga tushirish ishlari;
- texnologik jarayonlarni yaxshilash uchun rastionalizatorlik va ixtirochilik xarakatlarini amalda bajarish;
- neft va gazokondensat xom-ashyosini, neft maxsulotlarini qayta ishlashga tayyorlash usullari;
- ximoyalovchi moslamalarni, birlamchi o’t-o’chirish vositalarini ishlatish;
- uskuna va jixozlarni konstrukstiyasini, berkituvchi, ximoyalovchi moslamalarni ishlatish va ta’mirga tayorlash.
