
Qorovulbozor tuman texnikumi tomonidan 2026–2027 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish jarayonlari doirasida targ‘ibot ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Mazkur targ‘ibot tadbirlari doirasida texnikum o‘qituvchi va xodimlari Qorovulbozor tumanidagi 5-son hamda 8-son umumta’lim maktablariga tashrif buyurib, 9–11-sinf bitiruvchilari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdilar. Uchrashuvlar davomida: 🔹 Texnikumda mavjud ta’lim yo‘nalishlari 🔹 O‘quv jarayonining zamonaviy tashkil etilishi 🔹 Amaliyot va bandlik imkoniyatlari 🔹 Qabul jarayonlari va hujjat topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, texnikumda tahsil olish istagini bildirgan o‘quvchilarning ma’lumotlari shakllantirilib, ular bilan kelgusida individual ishlash rejalashtirildi.
Bugun, 29-yanvar kuni Qorovulbozor tuman texnikumi hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida umumta’lim maktablarining 9–11-sinf bitiruvchi o‘quvchilari uchun texnikumda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida maktab bitiruvchilariga texnikumda mavjud ta’lim yo‘nalishlari, qabul tartibi, o‘quv jarayoni hamda bitiruvchilar uchun yaratilayotgan kasbiy rivojlanish va bandlik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar texnikumdagi: zamonaviy o‘quv xonalari, amaliy mashg‘ulotlar uchun jihozlangan laboratoriyalar, ustaxonalar va infratuzilma imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirildi. Ochiq muloqot jarayonida o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berilib, kasb tanlashda to‘g‘ri yo‘nalish olishlariga ko‘maklashildi. Ushbu tadbir yoshlarning kelajak kasbini tanlashiga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Joriy yilning 26-yanvar kuni Qorovulbozor tuman texnikumida yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularda tadbirkorlik tafakkuri va innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan navbatdagi “Kelajak soati” darslari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur dars “Muvaffaqiyat sirlari. Startap” mavzusida tashkil etilib, unda bugungi kunda dolzarb bo‘lgan startap loyihalar, zamonaviy biznes g‘oyalar, muvaffaqiyatga eltuvchi muhim omillar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida atroflicha fikr yuritildi. Dars jarayonida yoshlarni faollik, tashabbuskorlik, mas’uliyat va o‘z ustida ishlashga undovchi tarbiyaviy jihatlarga alohida e’tibor qaratildi. Dars davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, kelajakdagi kasbiy rejalarini aniqlashtirishda muhim motivatsiyaga ega bo‘lishdi.
O‘zbek tili – millat g‘ururi, davlat timsoli!
Bugun Qorovulbozor tuman politexnikumida 21-oktyabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan katta bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida o‘qituvchilar va o‘quvchilar milliy g‘urur va faxr bilan ona tilimizni madh etuvchi she’rlar, kuy va qo‘shiqlar ijro etdilar. Bayramona ruhda tashkil etilgan mazkur tadbirda ona tilining bebaho qadri, xalq ma’naviyati va tafakkuridagi o‘rni haqida so‘z yuritildi.
Qorovulbozor tuman politexnikumida milliy sheʼriyat kechasi oʻtkazildi
Qorovulbozor tuman politexnikumida Axborot resurs markazi xodimlari D. Murodova va G. Erniyozovalar tashabbusi bilan, Tarbiya fani oʻqituvchisi D. Hamroyeva hamkorligida oʻquvchi yoshlar ishtirokida “Milliy sheʼriyat kechasi” tashkil etildi. Mazkur tadbir milliy adabiyotimizga, buyuk shoirlarimiz ijodiga bo‘lgan e’tiborni yanada oshirish, yoshlarning badiiy tafakkurini shakllantirish hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazildi. Kecha davomida o‘zbek she’riyati namoyondalari – Alisher Navoiy, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf, Zulfiya kabi ulug‘ shoirlarning ta’sirli she’rlari o‘qildi. O‘quvchilar ham o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etib, milliy adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini namoyish etdilar. Tadbir samimiy ruhda o‘tib, qatnashchilar o‘z fikr va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. O‘quvchilarning she’riyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularga so‘z san’atining mohiyatini yetkazish yo‘lida bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ahamiyati katta. Shunday tadbirlar yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bois, Qorovulbozor tuman politexnikumi jamoasi bunday adabiy-ma’rifiy kechalarni muntazam tashkil etishmoqda.
Qorovulbozor tuman politexnikumi oʻquvchilari Buxoroga tarixiy sayohat uyushtirdilar
Buxoro – qadimiy va betakror tarixiy yodgorliklari bilan mashhur bo‘lgan shahar. Yaqinda Qorovulbozor tuman politexnikumi oʻquvchilari ustozlari hamrohligida Buxorodagi muqaddas ziyoratgohlar va tarixiy obidalarga sayohat uyushtirdilar. Ushbu sayohat davomida ular tarixiy obidalarning betakror meʼmorchiligi va boy o‘tmishi bilan tanishib, bilimlarini yanada mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar. 🎓 🕌 O‘quvchilar avval Buxoroning taniqli avliyosi, naqshbandiya tariqatining asoschisi Hazrati Bahovuddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdi. Ushbu ziyoratgohda nafaqat muqaddas qadamjolar, balki naqshbandiylik tariqatiga oid qimmatli tarixiy maʼlumotlar ham mavjud. 📖 🏛 Sayohatning navbatdagi manzili Buxoro amirlarining yozgi qarorgohi – Sitorai Mohi Xosa bo‘ldi. ✨ Ushbu saroy Buxoro amiri Abdulahadxon va uning o‘g‘li Said Alimxon tomonidan qurilgan bo‘lib, nafaqat hashamatli meʼmorchiligi, balki tarixiy ahamiyati bilan ham eʼtiborga molikdir. O‘quvchilar saroy hududidagi muzey eksponatlari bilan tanishib, Buxoro amirlarining hayoti va madaniyati haqida qimmatli maʼlumotlarga ega bo‘ldilar. 🎭 🏯Sayohat davomida talabalar Buxoroning eng qadimiy va ulug‘vor yodgorliklaridan biri – Ark qo‘rg‘oniga ham tashrif buyurdilar. 🏰 Tarixiy maʼlumotlarga ko‘ra, Ark qo‘rg‘oni ming yillik tarixga ega bo‘lib, Buxoro amirlari qarorgohi sifatida foydalanilgan. 🏛 Bugungi kunda bu maskanda joylashgan muzeyda o‘sha davrga oid nodir eksponatlar saqlanib kelinmoqda. O‘quvchilar Buxoro amiri taxti joylashgan maxsus xonaga kirib, o‘tmish hukmdorlarining hayot tarzi haqida tushunchaga ega bo‘ldilar. 👑 Sayohat davomida talabalar Buxoroning turli tarixiy muzeylariga ham tashrif buyurdilar. 🏛 Xususan, Buxoro davlat sanʼat muzeyi, Hunarmandchilik markazlari, va boshqa tarixiy maskanlar ularning qiziqishlariga sabab bo‘ldi. Muzeylarda qadimiy gilamlar, 🧶 zargarlik buyumlari, 💍 kulolchilik 🏺 va boshqa milliy hunarmandchilik namunalarini o‘rganish imkoniyati bo‘ldi. 📖 Ushbu sayohat Qorovulbozor tuman politexnikumi o‘quvchilari uchun nafaqat madaniy-maʼrifiy tajriba, balki o‘z tarixini chuqurroq anglashga xizmat qiluvchi muhim safar bo‘ldi. Ular Buxoroning boy tarixi va milliy merosi bilan yaqindan tanishib, bu bebaho maʼlumotlarni kelajakda ham qadrlash zarurligini angladilar. 🎓 Ushbu sayohat davomida olingan taassurotlar ularga umrbod esda qolishi aniq.
💐 8-mart - Ayollar bayrami muborak! 💐
Qorovulbozor tuman politexnikumida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu bayram bahorning ilk iliq nurlari ila yuraklarga quvonch olib keldi. Tadbir davomida: -O‘quvchi yoshlar tomonidan ayollar sha'niga she’r va qo‘shiqlar yangradi; -Bahoriy kayfiyat baxsh etuvchi raqslar ijro etildi; -Sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, hayotiy manzaralar gavdalantirildi; -O‘quvchi qizlar o‘z iste’dodi va mahoratini sinovdan o‘tkazib, qiziqarli bellashuvlarda qatnashdi. 🌷 Ayol – hayot chirog‘i, mehr va go‘zallik timsoli! Ushbu bayram munosabati bilan barcha ayollarni, onajonlarimizni, opa-singillarimizni samimiy qutlaymiz! Sizlar oilaning tayanchi, kelajak avlod tarbiyachisi va jamiyatning bezagisiz! Sizga sog‘lik, baxt va cheksiz mehr ila to‘la hayot tilaymiz! Bayramingiz muborak bo‘lsin! 🎉💖
Ekologiya bo‘yicha bilimdon yoshlarimiz g‘alaba sari!
Bugun Qorovulbozor tuman politexnikumi iqtidorli o‘quvchilaridan tashkil topgan "Tabiat himoyachilari" jamoasi "Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" respublika ko‘rik-tanlovining 4-bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi! 🏅 Ular Buxoro viloyatining Buxoro tuman, Buxoro shahar, Kogon tuman va Kogon shahar hududi yoshlari bilan bellashib, 1-o‘rinni egallashdi va viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi! 👏 🔹 O‘quvchilarni tayyorlashda fidokorona mehnat qilgan ustozlar G. Barnoyeva, M. Hakimova va Q. Amonovalarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz! 🙏🎓 📌 Eslatib o‘tamiz, mazkur tanlov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan har yili yanvar-mart oylarida o‘tkaziladi. 🌍 Bunday tanlovlar yoshlarning ekologik huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqiy bilimlarini oshirish, shuningdek, ularni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. 🔥 G‘olib jamoamizga kelgusi bosqichlarda ham omad tilaymiz! Viloyat bosqichida ham shijoat va bilimlarini namoyon etishlariga ishonamiz! 💪🌱
Bugun Qorovulbozor tuman politexnikumida "Milliy liboslar kuni"
Bugun Qorovulbozor tuman politexnikumida "Milliy liboslar kuni" tantanali tarzda nishonlandi. Ushbu tadbirda barcha o‘qituvchilar va o‘quvchilar milliy liboslarda ishtirok etishdi. Ushbu kunning asosiy maqsadi milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini oshirish va milliy madaniyatimizga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Bundan tashqari, milliy liboslar to‘g‘risida davra suhbati ham tashkil etildi. Unda o‘qituvchilar va o‘quvchilar milliy kiyimlarning tarixiy ahamiyati, ularning zamonaviy modadagi o‘rni hamda milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash masalalarini muhokama qilishdi. Suhbat davomida ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, milliy liboslarimizni targ‘ib qilish bo‘yicha takliflar berishdi. Bunday tadbirlarning o‘tkazilishi milliy urf-odatlarimizni kelgusi avlodlarga yetkazish va yoshlarning o‘z madaniyatiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi. "Milliy liboslar kuni" tadbiri barcha ishtirokchilarga katta taassurot qoldirdi va ularni o‘z an’analariga bo‘lgan hurmatini yanada mustahkamladi.
Qorovulbozor tuman politexnikumida mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi
Qorovulbozor tuman politexnikumida Mehnat muhofazasi fani o‘qituvchisi S. Kurbayev tomonidan ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar va ishchi xizmatchilar uchun mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. 📚🔍 📌 O‘quv jarayonida: ✅ Mehnat xavfsizligi qoidalari tushuntirildi ✅ Ish joyidagi xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi ✅ Xodimlar va ishchi-xizmatchilar bilimlari sinovdan o‘tkazildi Bu kabi o‘quv mashg‘ulotlari ishchilar xavfsizligini ta’minlash va mehnat jarayonida baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi. 🦺
Milliy qadriyatlar – milliy ma'naviyatning ko‘zgusi
"Ayol – bu hayot chashmasi, mehr-muhabbat timsoli. U bor joyda nafosat, ezgulik va bunyodkorlik hukm suradi." Qorovulbozor tuman politexnikumida joriy yilning 7-fevral kuni politexnikum xotin-qizlar kengashi raisi M.Teshayeva tashabbusi bilan tashkil etilgan, taʼlim muassasasida faoliyat yuritib kelayotgan bir qator iqtidorli va mahoratli o'qituvchi xodimlar ishtirokida o‘tkazilgan “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ularni keng targ‘ib etishda yana bir muhim qadam bo‘ldi. Ushbu tanlov faqatgina iste’dod va mahorat sinovi emas, balki ayol zoti sha’ni, latofati va tafakkuri aks etgan ma’naviy ko‘zgudir. Tadbirni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qorovulbozor tumani bo‘linmasi rahbari M.Jumayeva ochib, so‘zga chiqdi va ishtirokchilarga omad tiladi. Zero, bu kabi tanlovlar yosh avlodning milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish, qizlarning ezgu fazilatlarini yanada charxlab, ularni komil inson sifatida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Sharqona falsafada ayolning maqomi alohida e’tirof etilgan. "Dunyoni go‘zallik qutqaradi, ayol esa go‘zallik timsolidir" degan hikmat bejiz aytilmagan. Zero, u faqatgina oilaning tayanchi emas, balki millatning ma’naviy asosidir. “Balli qizlar” tanlovida qatnashgan ishtirokchilar o‘zlarining pazandalik, nozik did va san’atga oshno qalbini namoyon qildilar. Ular milliy taomlarni tayyorlash orqali nafaqat mahorat, balki mehr bilan tayyorlangan har bir taom millatning urf-odatlari va boy tarixi bilan bog‘liqligini his qildilar. Shuningdek, tanlov davomida ishtirokchilar turli sinovlardan o‘tib, o‘z qobiliyatlari va ijodiy salohiyatlarini namoyish etdilar. Har bir shart yakunida hakamlar hay’ati ishtirokchilarga qo‘yilgan baholarni e’lon qilib, ularning harakatlariga munosib baho berdilar. "O‘zini anglagan ayol – o‘z taqdirini yaratadi, o‘z oilasini obod qiladi va jamiyatning farovonligiga hissa qo‘shadi" degan so‘zlar ushbu tanlov ishtirokchilarining harakatlarida o‘z aksini topdi.
📢 Qorovulbozor tuman politexnikumida Dual ta’lim tizimi bo‘yicha o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi! 🎓🤝
Joriy yilning 7-fevral kuni Qorovulbozor tuman politexnikumida Dual ta’lim shaklini ish beruvchilarga sodda va ravon tilda tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi. 📌 Seminarning asosiy maqsadi – ish beruvchilarga dual ta’lim tizimining afzalliklarini tushuntirish, ta’lim va ishlab chiqarish jarayonini birlashtirish hamda malakali mutaxassislar tayyorlashda hamkorlikni kuchaytirishdan iborat. 👨🏫 Seminar davomida dual ta’limni joriy etishning dolzarb jihatlari muhokama qilinib, ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar kelgusida ushbu tizimni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🔹 Dual ta’lim – bu nazariy bilim va amaliyotni uyg‘unlashtiruvchi innovatsion tizim bo‘lib, u kelajak mutaxassislarini real mehnat bozori talablariga mos ravishda tayyorlashga xizmat qiladi.
Qorovulbozor tuman politexnikumida o‘quv amaliyoti mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda!
Joriy yilning 4-fevral kuni Qorovulbozor tuman politexnikumida maxsus fan o‘qituvchisi Boymurodov Jo‘rabek 2-bosqich "Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari operatori" yo‘nalishi o‘quvchilariga "Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va ofis jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish" fanidan o‘quv amaliyoti darslarini namunali tarzda o‘tkazdi. 📚 Dars davomida o‘quvchilar: 🔹 Kompyuter qurilmalarining tuzilishi va ishlash prinsiplari bilan tanishdilar; 🔹 Shaxsiy kompyuterlarni yig‘ish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tajriba orttirdilar; 🔹 Diagnostika va ta'mirlash jarayonlarida faol ishtirok etdilar. 🖥️ Dars jarayoni jonli muhokamalar va amaliy topshiriqlar bilan boyitilgan bo‘lib, o‘quvchilar nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlashdi, balki real sharoitda ishlash tajribasiga ega bo‘ldilar.
“Korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash"
Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabida joriy yilning 8-oktyabr kuni o'quvchi yoshlar o'rtasida “Korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Ushbu davra suhbatida o'quvchilar Korrupsiya jamiyatning rivojlanishiga, isloxotlarni keng qamrovli amalga oshirishda to‘sik bo‘luvchi salbiy omilligi hamda Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar joriy qilinganligi bo'yicha ma'lumotlarga ega bo'ldilar. Davra suhbati so'ngida “Korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash mavzusida “Isnod” videolavxasi namoyish etildi.
1-oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuni
1-oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuni munosabati bilan Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabida "Mehnati elda aziz ustozim" shiori ostida bayram tadbiri o’tkazildi. Bayram tadbirini kasb-hunar maktabining o'quv bo'limi boshlig'i O'lmas Namozov ochib berdi va kasb-hunar maktabida mehant qilayotgan o‘qituvchilarni va tadbir ishtirokchilarini "Ustoz va murabbiylar" bayrami bilan muborakbod etdi. Tadbirda mamlakatimizda ta’lim tizimini yuqori bosqichga ko‘tarish, muallimlar, murabbiylar nufuzini, jamiyatdagi o‘rni va rolini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi, yurtimizda yangi avlod, yangi g‘oyalar sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani ado etishda, yosh avlodning tafakkur dunyosini shakllantirishda xizmat qilayotgan - ustoz va muallimlar mehnatlari beqiyos ekanligi ta’kidlanib, ustozlarga hurmat va ehtirom ila chuqur minnatdorchilik bildirildi.
“Xon atlas” festivali
Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabida Psixolog M.Hakimova tashabbusi bilan “Xon atlas” festivali samarali tashkil qilindi. Milliy matolarimiz atlas va adras yorqin ranglari, takrorlanmas naqshlari bilan kishiga zavq bag‘ishlashi, xush kayfiyat uyg‘otishi shubhasizdir. Uni kiygan har bir qiz, ayol borki yon atrofdagilarda ijobiy fikr yug'otib qolmay unga zavq bilan qarashga undaydi. Bugun jamoamizdagi barcha ayollar, o'quvchi qizlar ish faoliyati davomida, dars jarayonida rang-barang kiygan atlas va adras bilan hammani ko'zini quvontirdilar. Kasb-hunar maktabi xotin-qizlari bilan “Atlas kiygan onalar” mavzusida davra suhbati tashkil qilinib unda jamoadagi faol xotin-qizlar milly matolarimiz atlas va adras to‘g‘risida chiroyli fikrlarni bildirdilar. Azaliy qadriyatlarimizni o'zida ifoda etgan ushbu go'zal matolar milliy boyligimiz sanalishi, unda xalqimizning uzoq hamda shonli o'tmishi, qadimiy an'analari, estetik dunyoqarshi, didi va o'ziga xos xususiyatlari mujassam.



Kasb-hunar maktabida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan o’quv jarayoni unimdorligini oshirish maqsadida bir qancha moddiy texnika jihozlar xarid qilindi
Қоровулбозор тумани касб-ҳунар мактаби битирувчиларига диплом топширилди
Касб-ҳунар мактабининг 224 нафар битирувчи ўқучиларининг диплом топшириш маросими бўлиб ўтди. Тадбирда касб-ҳунар мактаби раҳбарияти, ота-оналар ва ўқувчи ёшлар иштирок этишди. Тадбирда Касб-ҳунар мактаби директори Улуғбек Расулов сўзга чиқиб, мактаб битирувчиларини диплом олишлари муносабати билан табриклаб, уларнинг ўзлари ният қилган олий ўқув юртларида ўқишлари, давлат хизматчисчи сифатида ишлашларини, эгаллаган касб-ҳунарлари бўйича фаолиятларида омад тилади. Шундан сўнг, битирувчиларга раҳбарият томонидан дипломлар тантанали топширилди. Бундан ташқари, касб-ҳунар мактабида ўқув йили жараёнида ютуқларга эришган, ўзларининг интизоми ва билимга чанқоқлиги билан ажралиб турган ўқувчилар ҳамда уларнинг ота-оналари фахрий ёрлиқ ва ташаккурномалар билан тақдирланишди.






Nazariy olingan bilimlar amaliyotda mustahkamlanmoqda
Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabi “Kompressor qurilmalari mashinisti” yo‘nalishida tahsil olayotgan 140 nafar o‘quvchilar nazariy olgan bilimlarini Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotida mustahkamlashmoqda. O‘quvchilar amaliyot davrida neft va gazni qayta ishlash sohasidagi kompressorlarning turlari, ularning tuzilishi, qo‘llanilish sohalari hamda neft va gazni qayta ishlash uchun rezervuarlardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqdalar.
Ma’lumot o‘rnida kasb-hunar maktabining 468 nafar o‘quvchilari 31 ta korxona va tashkilotlarda ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlarini o‘tamoqdalar.
Kasb-hunar maktabida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi
Yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida tuman hokimligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida Qorovulbozor tumanidagi Kasb-hunar maktabida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabida "Besh muhim tashabbus" doirasida kitoblar taqdimoti va sport musobaqalari o'tkazildi.
Kitob – bilim xazinasi bo'lib, undan insonlar ma'naviy kuch-quvvat oladi. Kitobni xalqimiz nonday aziz, muqaddas deb e'zozlab, sevib mutolaa qiladi. Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabining Kutubxona xodimlari Murodova Dilnavoz va Erniyozova Gulchehralar tashabbusi bilan hamda o'quvchilar turar joyi tarbiyachisi Sobirova Gulnoza va yoshlar yetakchisi Amonova Qanoatlar hamkorligida o'quvchilar turar joyida Besh muhim tashabbus doirasida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida badiiy kitoblar taqdimoti bo'lib o'tdi. Tadbirda mamlakatda barcha sohalar qatori adabiyot rivojiga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, o'quvchillar yangi darsliklar bilan tanishdilar.
Taqdimot doirasida 100 ga yaqin adabiyotlar o'quvchilar uchun taqdim etildi. Yangi adabiyotlar o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otdi. Taqdimotda o'quvchilarning qiziqqan kitoblari haqida ma'lumotlar berildi, ushbu asarlarning dunyoga kelish tarixi, mohiyati haqida so‘z yuritilib, bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi. Bu kabi tadbirlar yoshlarni kitob o'qishga, bilimini yanada oshirishga, kelajakda jamiyatimizga yetuk mutaxassislar bo'lib yetishishiga yordam beradi.
Tadbir so'ngida Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabi yoshlar yetakchisi Amonova Qanoat va tarbiyachi Sobirova Gulnozalar hamkorligida an'anaga muvofiq Besh muhim tashabbus dasturidan o’rin olgan sportning shaxmat va shashka turi bo’yicha o'quvchilar turar joyida istiqomat qiluvchi yoshlar o’rtasida musobaqa bo’lib o’tdi. Musobaqa davomida ishtirokchilarning topqirliklari va zehni, aql-idroklarini yana bir marotaba sinovdan o‘tkazishdi. Bellashuv qizg‘in bahs-munozara va tortishuvlarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o'rganish bo'yicha o'quvchilar o'rtasida olimpiada o'tkazildi
Joriy yilning 2-4 dekabr kunlari Qorovulbozor tuman kasb -hunar maktabida Yoshlar yetakchisi Amonova Qanoat, ARM rahbari Murodova Dilnavoz va Ona tili fani o'qituvchisi Nuriddinova Shahrizodalar hamkorligida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o'rganish bo'yicha o'quvchilar o'rtasida olimpiada o'tkazildi. Olimpiadada I va II bosqich talabalari faol qatnashdilar. Yakuniy natijalarga ko'ra faxrli o'rinlarni egallagan o'quvchi yoshlar faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Joriy yilnig 5 dekabr kuni Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabi Yoshlar yetakchisi Amonova Qanoat va Davlat va huquq asoslari fani o'qituvchilari Hamroyeva Dildoralar hamkorlikda 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab "Mening Konstitutsiyam 31 yoshda" mavzusida oʻquvchi yoshlar oʻrtasida rasmlar tanlovi oʻtkazildi. Rasmlar tanlovida I va II bosqich oʻquvchilari faol qatnashdilar.
Joriy yilning 4-dekabr kuni Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabi o‘quvchilar yotoqxonasida Qorovulbozor tuman Ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori Mo'minov Ulug'bek va yotoqxona tarbiyachisi Sobirova Gulnozalar hamkorligida “O‘quvchilar orasida jinoyatchilikni oldini olish va pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbirda o‘quvchilarga hozirda yoshlar orasida sodir boʻlayotgan turli xil jinoyatlar, ularning oldini olish hamda bartaraf etish toʼgʼrisida ham atroflicha ogohlantirishlar hamda bunday holatlar yuz bermasligi uchun ehtiyot choralarini koʻrish maqsadida tushuntirishlar olib borildi. Bundan tashqari, yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayramini betalofat oʼtkazish maqsadida turli xil pirotexnika vositalarini sotib olmaslik va foydalanmaslik haqida ham tushintirishlar berib o‘tildi.
Besh tashabbus olimpiadasi sport musobaqalarining ikkinchi bosqichiga start berildi. Shu munosabat bilan Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabida ham 12-oktabr kuni o'quvchi yoshalar o'rtasida sportning voleybol turidan ikkinchi bosqich saralash musobaqasi bo'lib o'tdi. O'quvchi-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularni sportga jalb etishga qaratilgan musobaqada kasb-hunar maktabining o‘nlab o'quvchi-yoshlari faol ishtirok etdilar.
Joriy yilning 10-oktabr kuni Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabi o'quvchi-yoshlari o'rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini boʼlib oʼtdi. O'yinda o'quvchi-yoshlardan 3 ta jamoada "Parlament", "Deputatlar" va "Istiqlol" jamoalari itirok etishdi. Ushbu "Zakovat" intellektual o‘yinida 1 - oʼrinni "Istiqlol", 2 - oʼrinni "Deputatlar" jamoalari egalladilar. Barcha ishtirok etgan jamoaga, tadbirni tashkillashtirgan tashkilotchilarga oʼz minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabida muntazam oʻtkazilib kelinayotgan ochiq darslar oʻquvchilarning fanlarga, bilim olishga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirmoqda. Shunday ochiq darslardan biri kasb-hunar maktabi Biologiya fani oʻqituvchisi Gulmira Barnoyeva tomonidan “Tirik organizmlarning kimyoviy tarkibi va uning doimiyligi” mavzusida 5-2023 guruhi oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazildi. Dars oʻtish davomida aqliy hujum, savol javob, bahs munozara metodlaridan hamda mavzuga doir slaydlardan foydalanildi. Ochiq darsda oʻquvchilar faol ishtirok qildilar. Dars jarayonida oʻquvchilarning Biologiya fanidan olgan bilimlari mustahkamlab, yangi bilimlar hosil qilindi. Qiziqarli, bahs-munozaraga boy boʻlgan darsda, oʻquvchilarning fanga boʻlgan qiziqishlari yanada oshdi.
Joriy yilning 30-sentabr kuni 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuni munosabati bilan Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabida "Mehnati elda aziz ustozim" shiori ostida bayram tadbiri o’tkazildi. Bayram tadbirini kasb-hunar maktabining o'quv bo'limi boshlig'i O'lmas Namozov ochib berdi va kasb-hunar maktabida mehant qilayotgan o‘qituvchilarni va tadbir ishtirokchilarini "Ustoz va murabbiylar" bayrami bilan muborakbod etdi. Tadbirda mamlakatimizda ta’lim tizimini yuqori bosqichga ko‘tarish, muallimlar, murabbiylar nufuzini, jamiyatdagi o‘rni va rolini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi, yurtimizda yangi avlod, yangi g‘oyalar sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani ado etishda, yosh avlodning tafakkur dunyosini shakllantirishda xizmat qilayotgan - ustoz va muallimlar mehnatlari beqiyos ekanligi ta’kidlanib, ustozlarga hurmat va ehtirom ila chuqur minnatdorchilik bildirildi.
"Atlas kiygan onalar"
"KUTUBXONA BO`YLAB SAYOHAT"
Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabida Bilimlar kuni tadbirlari bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 4-sentabr kuni Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabida “Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun!” shiori ostida “Bilimlar kuni”ga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi. Tadbirda ota-onalar, maktab o'quvchilari va pedagog-ishchi xodimlar ishtirok etdilar.
Tadbirni kasb-hunar maktabi yoshlar bilan ishlash bo'yicha director o'rinbosari J.Qo'ldoshev ochib berdi va o'quvchilarni yangi o'quv yili bilan tabriklab ularning o'qishlariga muvofaqiyatlar tiladi.
Joriy yilning 1-mart kuni Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabida shoira Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligiga bag'ishlangan “Zakovat” intellektual bilimlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda kasb-hunar maktabida faoliyat olib borayotgan ishchi xodim va ustoz-murabbiylaridan iborat jamoalar ishtirok etdi. Qiziqarli bahslar ostida o‘tgan bellashuv natijalari sarhisobiga ko‘ra, 👨🎓Maxsus fanlar kafedrasi o'qituvchilaridan iborat “Muhandislar” hamda Texnik xodimlardan tarkib topgan "Do'stlik" jamoalari faxrli 🥉3-o‘rin, 👨🎓Mutaxassis xodimlardan iborat "Zukkolar" jamoasi faxrli 🥈2-o‘rin, 👨🎓hamda faxrli 🥇1-o‘rinni umum ta'lim fanlar kafedrasi o‘qituvchilaridan iborat "Ta'lim fidoiylari" jamoasi qo‘lga kiritdilar.
Qorovulbozor tumanida “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonini topshirish marosimi bo‘lib oʻtdi. Joriy yilning 6-dekabr kuni Qorovulbozor tumanidagi “Neftchilar” madaniyat saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan Prezidentimizning Farmoniga muvofiq taʼsis etilgan “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonini topshirish marosimi bo‘lib oʻtdi. Aytish joiz, Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining bu yilgi shodiyonasi Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabi faoliyatida muhim tarixiy kun sifatida muhrlanadigan bo‘ldi. Boisi qutlug‘ sana arafasida davlatimiz rahbari tomonidan Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabi direktori Rasulov Ulug‘bek Askarovich “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoniga munosib ko‘rildi. Bayram tadbirida ushbu nufuzli esdalik nishoni Qorovulbozor tuman hokimi Akmal Ostonov tomonidan tantanali tarzda topshirildi.
Joriy yilning 3-dekabr kuni Buxoro viloyati kasbiy ta‘limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan, Buxoro yoshlar markazi binosida viloyatdagi barcha Professional ta‘lim muassasalari o‘qituvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabining 6 nafar o‘qituvchilaridan tashkil topgan "Ta‘lim fidoyilari" jamoasiham ishtirok etib o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi va faxrli🥈2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. G‘olib jamoalar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. O‘qituvchilarimizga bundan keyingi faoliyatlarida ham omad tilaymiz. Zafar hamisha yor bo‘lsin, aziz ustozlar!
21-oktabr oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yillik munosabati bilan Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabining isteʼdodli va iqtidorli oʻquvchi yoshlari tomonidan “Til-millat koʻzgusi” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda oʻquvchilar tonmonidan Oʻzbek til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va maʼnaviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odatlari aks etgan kuy-qoʻshiqlar, sheʼr va sahna koʻrinishlari bilan ishtirok etishib tadbirga oʻzgacha shukuh bagʻishladi. Tadbirda maktabning “Quvnoqlar va zukkolar” jamoasining chiqishlari tadbirga yanada koʻtarinki ruh bagʻishladi.
Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabida “Bilimlar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Batafsil...
Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabining ilk bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo'lib o'tdi.
Batafsil...
2022 yil 27-may kuni “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” uchun o’tkazilgan shaxmat musoboqasining viloyat bosqichi murosasiz bahslarga boy tarzda bo‘lib o’tdi unda professional hamda havaskor turli yosh vakillari ishtirok etdi. Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabi o‘quvchisi Najmiddinova Gulxumor Ali qizi Professional ayollar yo’nalishida ishtirok etib 1-o‘rinni egallab g‘alaba qozondi. Kasb-hunar maktabi ma'muriyati ushbu yutuq bilan Najmiddinova Gulxumorni maktab o'quvchilari va pedagog jamoasi nomidan muborakbod etadi.🎉
Joriy yilning 27 may kuni umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchi o’quvchilarining kasbga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabida “Kasb va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Ochiq muloqotda Qorovulbozor tuman Xalq ta’limi bo’limi boshlig’i S.Umarov, Kasb-hunar maktabi direktori U.Rasulov, maktab o’quvchilari va xamkor ish beruvchi korxona va tashkilotlarining faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan kasb egalari ishtirok etdilar. Tadbir ishtirokchilariga kasb-hunar maktabining imkoniyati, kelgusidagi rejalari, tayyorlanadigan kasb va mutaxassisliklari bilan yaqindan tanishtirildi. Tadbir davomida kasb-hunar maktabida ta’lim olish istagida bo’lgan bitiruvchilarning nomma-nom ro’yxati shakllantirildi.
Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabining “Kimyoviy ishlab-chiqarish jihozlari mexanik chilangari” yo‘nalishi 1-bosqichining o'quvchilari maxsus fan o'qituvchisi O. Odilov hamrohligida “BUXORO NEFTNI QAYTA ISHLASH ZAVODIDA” o‘quv amaliyotini o'tashmoqda. Dastlab, “BNQIZ"ning mutaxassis xodimlari o'quvchilarga texnika xavfsizligi va yong'in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishtirdi va shunga oid videorolik namoyish etildi. So‘ng o'quvchilar ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishtirish maqsadida zavod bo'linmalariga olib borildi. Zavod xodimlari amaliyotchilarni ish jarayoni bilan tanishtirdilar. Amaliyotchi o'quvchilar mutaxassisligiga oid olingan nazariy bilimlarini amaliy tarzda ko‘rish va tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Tahlillar davomida o'quvchilar ishlab chiqarish jarayoni bo‘yicha mutaxasislarga savollar bilan murojaat qilib, kerakli javoblarni oldilar.
Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabi o'quvchilari "Buxoroneftgazparmalash" AJda amaliyot o‘taydi. Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabi "Kompressor qurilmalari mashinisti" mutaxassisligi maxsus fan o'qituvchsi Shahlo Yoriyeva raxbarligida 7-2021 guruhi o'quvchilari "Buxoroneftgazparmalash" AJda bo‘lishdi. Tashkilot ob’yektlarida o'quvchilarning amaliyotini ustoz-shogird an’anasi asosida o‘tkazilishini ta’minlash, yoshlarni korxona texnologiyalari bilan yaqindan tanishtirish asosiy maqsad qilingan. Tashrif davomida o'quvchilar "Buxoroneftgazparmalash" AJning ish faoliyati, korxonaning texnikalari bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu korxonada turli mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Barkamol avlod sport musobaqalarining shashka va shaxmat turidan 18-21 aprel kunlari Sirdaryo viloyati Guliston shahri mezbonlik qilgan, respublika final bosqichida Buxoro viloyat jamoasi ham munosib ishtirok etib shaxmatning 7 ta turi bo‘yicha Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabi o‘quvchisi Najmiddinova Gulxumor barcha raqiblaridan ustun kelib 6.5 ball jamg‘arib faxrli 1-o‘rinni, shashka turi bo‘yicha Qorako‘l tuman 1-son kasb-hunar maktabi o‘quvchisi Mexmonova Gulirano musobaqaning yakuniy final turida Osiyo chempioni va Jahon chempionatining sovrindori poytaxtlik raqibiga boy berib faxrli 2-o‘rinni egalladi. Musobaqaning g‘olib va sovrindorlariga tashkiliy qo‘mitaning diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alari (1-o‘ringa televizor, 2-o‘ringa sport sumkasi va ikki to‘plam sport formalari, 3-o‘ringa sport sumkasi va bir to‘plam sport formasi) Yigitlar bahsida shashka bo‘yicha Zayniddinov Zehniddin 8-o‘rin va shaxmat turi bo‘yicha Yo‘ldoshev Ozodbek ham 3 ball to‘plab 8-o‘rinni egalladi. Yakuniy natijada Buxoro viloyat jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritib qaytdi.
Bugun Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabi ma'muriyati tomonidan G.Najmiddinovani taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Qorovulbozor tuman kasb hunar maktabi direktori Rasulov Ulug'bek Askarovich chempion o'quvchini erishgan yutuqlari bilan qizg’in qutladi. Taqdirlash marosimida ta'lim muassasasining o'qituvchilar va o'quvchi yoshlari ham ishtiriok etib G.Najmiddinovani erishgan yutiqlari bilan tabriklab muborakbod etishdi. Tantanali marosimda musobaqa g‘olibiga faxriy yorliq va qimmatbaho sovrinlar topshirildi.
Zakovat" intellektual o'yinlari barcha yoshlar uchun qiziqarli va aqlni charxlash uchun xizmat qiladigan ajoyib o'yinlardan biridir. Umuman olganda zakovat so'zining tub ma'nosi ham shundan dalolat beradi. ZAKOVAT – sezgirlik, aqllilik, farosat, zakiylik degan ma'nolarga ega bo'lib, bu o'yinning bunday nomlanshi ham uning tub ma'nosiga borib taqaladi. Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabida Yoshlar yetakchisi Q.Amonova va maktab Psixologi M.Qo'yliyevalar tashabbusi bilan kasb-hunar maktabi o'quvchilari o'rtasida Zakovat intellektual o'yini tashkil etildi. Musobaqada 4 ta jamoa ishtirok etishdi. Natijalarga ko’ra, 1-o'ringa "Yosh avtomobilchilar" jamoasi ega bo’ldi. 2-o'rinni "Yosh Informatiklar" jamoasi. 3-o'rinni "Yosh Neftgazchilar" jamoasi qo'lga kiritdi. G'olib bo'lgan jamoalar faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
2022-yilning 4-mart kuni Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabida "Ekstremizm va terrorizm missionerlik g’oyalariga qarshi ma’naviy-ma’rifiy, tasviriy tadbirlarni tashkil etish" mavzusida rasmlar tanlovini o’tkazildi.
Tadbirni yoshlar bilan ishlash bo’yicha deriktor o’rinbosari v.v.b. O’lmas Namozov ochib berdi hamda ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari haqida aytib o’tdi.
Shundang so’ng o’quvchilarimiz rasmlar chizishni boshladilar.
Tanlov yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:
🥇1-oʻrin: 2-2021-guruh o’quvchisi Ansarov Sarvar
🥈2-oʻrin: 3-2021-guruh o’quvchisi Jang’aziyeva Lazzat
🥉3-oʻrin: 4-2020-guruh o’quvchisi Qurbonov Ilyoslar egallashishdi.
G’oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.
QOROVULBOZOR TUMAN KASB-HUNAR MAKTABIDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” TADBIRI O’TKAZILDI.
O’sib kelayotgan yosh avlodga har tomonlama ma’nan va jismonan chuqur aqliy bilimga ega bo’lishlari uchun yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Kelajagimiz davomchilari bo’lgan yoshlarimiz ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanib, kasb tanlashda adashmasdan, ustozlari bergan bilimlarni to’liq o’zlashtirishlari lozim.
Bugungi kunda Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabida navbatdagi o’quv yili uchun kasb-hunar tanlash sifatini oshirish maqsadida tumanimizdagi umumta’lim maktablarida targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabi o’qituvchilari tomonidan Qorovulbozor tumanda joylashgan 8 ta umumta’lim maktablarining 9-sinf o’quvchilari o’rtasida targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilishi bilan birga mazkur maktab o’quvchilari kasb-hunarga taklif etilib, ularni kasb-hunar maktabida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 2022 yilning 17 fevral kuni Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabi va tuman Xalq ta’limi bo’limi hamkorligida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o’tkazildi. Tadbirga Qorovulbozor tumanidagi barcha umumta’lim maktablari o’quvchilari va pedagoglari taklif etildi.
Tadbirni o’tkazishdan ko’zlangan maqsad maktablardan taklif etilgan pedagog va 9-sinf o’quvchilarni kasb-hunar maktabida o’quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, o’quv ustaxonalari, kompyuter xonalari, fan va sport to’garaklari faoliyati, o’quvchilarga ta’lim berayotgan pedagoglarning sifat tarkibi, ta’lim sohasidagi yutuqlar, o’quvchilarning sportda va fanda erishgan yutuqlari, kasb-hunar maktabi bitiruvchilarining kasb-hunar tanlashlarini yanada oshirish hamda oliy ta’lim muassasalarida o’qishni davom ettirish darajasi bilan yaqindan tanishtirish.
Tadbir davomida pedagoglar va maktab o’quvchilari kasb-hunar maktabida o’quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun tayyorlangan o’quv ustaxonalari, kompyuter xonalari, maxsus fanlar sinf xonalari, sport zallari, kutubxona hamda to’garaklar faoliyati bilan tanishishlari uchun kasb-hunar maktabi bo’ylab sayohat tashkil etildi.
Tadbirda maktab o’quvchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga yetarli javoblarni olishdi.
JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT
Qorovulbozor tumani kasb-hunar maktabida "Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida “Diniy ekstremizmning salbiy holatlari va oqibatlari”, “Mustahkam oila jamiyat tayanchi”, “Giyohvandlik asr vabosi” mavzularida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida so’z olganlar milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalash bugunning muhim vazifalaridan ekanligini ta’kidlab o‘tdilar. Tadbir so‘nggida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Qorovulbozor tumanida joriy yilning 9-fevral kuni "Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz" shiori ostidagi yoshlar festivali bo’lib o’tdi. Mazkur festivalda Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabi o'qituvchi va ishchi xodimlari hamda o'quvchi yoshlari turli xil tanlovlar, loyihalarda ishtirok etishdi.
Buyuk shoir davlat arbobi va mutaffakir Alisher Navoiyning hayoti va ijodi-ibrat maktabi
Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabida 2022-yil 8-fevral kuni òqituvchi va o'quvchilar ishtirokida 9-fevral Alisher Navoiy tavallud kuni munosabati bilan "Buyuk shoir, davlat arbobi va mutaffakkir Alisher Navoiyning hayoti va ijodi-ibrat maktabi" mavzusida ma'rifat soati bo'lib o'tdi.
Ma'rifat soatini Ona-tili va adabiyot fani o'qituvchisi Sh. Oltinova olib bordi.
A.Navoiy (9-fevral 1441-yil 3-yanvar 1501-yil)-ulug' o'zbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi bo'lgan. G'arbda chig'atoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda "Nizomi millati va din" (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulug'lanadi. Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir iste'dodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e'tirofini qozongan, Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan ta'lim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda bo'lgan. A.Navoiy she'rni, shoirlikni hamma narsadan baland tutdi. Ijod qilishdan hech vaqt to'xtamadi.
Mavzu yuzasidan tadbir ishtirokchilariham o'z fikr mulohazalarini bildirdilar va shoir g'azal va ruboiylaridan ijro etdilar
Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabida Informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchilari Mirzohid Salomov va Feruza Ashurovalar tashabbusi bilan kasb-hunar maktabining 3-2021 Apparat va dasturiy ta'minot sozlovchisi guruhi o'quvchilari ishtirokida "Kasbim mening faxrim mening" mavzusida ko'rik tanlov o'tkazildi.Tanlovda o’quvchilaridan 2 ta guruh tuzilib F.Ashurova rahbarligida Kompyuter jamoasi, M.Salomov rahbarligidagi Internet jamoasi bilan bir qancha bosqichlar bo’yicha o’zaro bellashdilar.
7 oktabr kuni "Yoshlar-YU-Report-Hokim" loyihasi doirasida yoshlarning muammolarini o'rganish va ularga amaliy yordam ko'rsatish masalalari yuzasidan respublika ishchi guruhi Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabi o'quvchilari bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda faol yoshlarning aniq taklif va muammolari tinglandi va muammolarni hal qilishda amaliy yordamlar ko'rsatildi. Ishchi guruh tomonidan o'quvchilarga loyiha doirasida taqdimot namoyish qilindi.
Joriy yilning 6-oktabr kuni Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabida o’quvchilar o’rtasida "Odob-axloq" mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Davra suhbatida o’quvchilarni ota-ona va ustozlarga hurmat qilish ruhida shakllanishlari uchun bir qancha tavsiyalar berib o’tildi. Davra suhbatiga avvalo qizlar jalb qilindi. Qizlar bilan o’tkazilgan davra suhbatiga RMMM Qorovulbozor tuman vakili M. Hasanova, Qorovulbozor tuman IIB VYN psixologi I. Husenova va otinoyi O’. Jalilovalar ishtirok etdilar. Ular o'z nutqida ta'lim muassasasida tahsil olayotgan har bir o'quvchi ongida sog'lom ma'naviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish haqida so'z yuritdi. Qizlarga huquqbuzarliklarni oldini olish va xotin qizlarni jinoyatga sherik bo’lib qolishdan saqlanish yuzasidan I.Husenova ma’lumot berib o’tdi.
Davra suhbati davomida otinoyi O’.Jalilova so’z olib qizlarni odob-axloq qoidalariga undadilar. Qizlarga ota onani hurmat qilish, poklik, ilm olishning fazilatlari haqida diniy bilimlar, oyatlar va hadislar aytilib o’quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.
Shundan so’ng davra suhbati yigitlar bilan davom etdi. Ushbu tadbirda Qorovulbozor tuman hokimining diniy masalalar bo'yicha maslahatchisi K. Baqoyev va Qorovulbozor tuman ABDULLOH IBN MUBORAK JOME' MASJIDI Imom xatibi Illiyev Olimjon domla ishtirok etdi. Olimjon domla so'zga chiqib, talim va tarbiya, odob-axloq, yoshlar ortasida jinoyatchilikni oldini olish mavzusida maruza qildi. U o'z nutqida jinoyat sodir etish juda ham og'ir gunoh ekani, Quroni karim oyatlari va hadisi shariflarda bunday xatti-harakatlardan qattiq qaytarilganini jonli misollar orqali tasirchan qilib, tushuntirdi. Har bir o'quvchi yoshlar, yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldida o'z mas'uliyatini his etadigan, davlatning ichki va tashqi siyosatini to'g'ri anglaydigan, vatanparvar va xalqparvar, tashabbuskor va tadbirkor, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan hamda yuksak insoniy fazilatlarga ega bo'lgan irodasi baquvvat, iymoni butun va vijdoni uyg'oq mutaxassislardan bo'lishlari lozimligi aytib o'tildi.
28-sentabr kuni Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabida “Biz sog’lom hayot tarafdorimiz” shiori ostida badan tarbiya mashg’ulotlari o’tkazildi.
Mashg’ulotni jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi F.Nurmatov olib bordi. Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, ayni vaqtda, mamlakatimizda jismoniy jihatdan yetuk, sog‘lom avlodni tarbiyalash borasidagi tub islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda.Aholi, ayniqsa yoshlar o’rtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug’llanishni ommalashtirish bolalar sport ta’limini sifatini oshirish, Olimpiya, Parolimpiya, jahon va Osiyo chimpionatlari va boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarda muvofaqiyatli ishtirokni ta’minlash uchun istiqbolli sportchilarni tanlash uchun ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Bizning Qorovulbozor tuman kasb hunar maktabi o’quvchi yoshlari ham erta tongdan jismoniy tarbiya mashqlariga jalb qilindi.
Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabida 2021-2022 o'quv yilida qabul qilingan o'quvchilar yuqori saviyada kutib olinib, dars jarayonlari boshlandi
Joriy yilning 6-sentyabr kuni Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabida yangi o’quv yiliga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirning ochilish marosimida maktab direktori U. A. Rasulov talabalarni yangi o’quv yili bilan tabrikladi. Tadbirda Qorovulbozor tuman IIB xodimi Sh. Islomov, tuman Yoshlar ittifoqi raisi I. Karimov va tuman hokimining Diniy masalalar bo'yicha maslahatchisi K. Baqoyev, kasb-hunar maktabining barcha pedagog xodimlari, o'quvchilar va ota-onalar ishtirok etdilar. Shundan so’ng kasb-hunar maktabining o’qituvchilari so’zga chiqib talabalarni yangi o’quv yili bilan tabrikladilar. Tadbir so’ngida kasb-hunar maktabi talabalari ham so’zga chiqib, omad va zafarlar tilagan holda ustoz va murabbiylarini tabrikladilar. Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabida 2021-2022 o'quv yilida qabul qilingan o'quvchilar yuqori saviyada kutib olinib, dars jarayonlari boshlandi.
Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabining o’quvchilari o’rtasida "Xotira abadiy, qadr muqaddas” mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda maktab o’quvchilari tomonidan 9-may xotira va qadrlash kuni va G’alaba bayrami manzaralari aks ettirilgan asarlar yaratildi. Ushbu san’at asarlari kasb-hunar maktabida 9-may xotira va qadrlash kuniga bag’ishlab o’tkaziladigan bayram tadbirida namoyish etildi. tanlov ishtirokchilaridan Djaumetova Meruert, Temirbekova Qimbat, Aldanova Ulmeken I-o’rinni, Nosirov Nozimjon II-o’rinni Ramazonov Bekmurod III-o’rinni egalladilar. G’oliblarni taqdirlashda O’zbekiston “Adolat” SDP Qorovulbozor tuman Kengashi raisi Eshmurodov Nurali va kasb-hunar maktabi Yoshlar bilan ishlash bo’yicha direktor o’rinbosari Qo’ldoshev Jondulla ishtirok etdilar. G’oliblarga kasb-hunar maktabi kasaba uyushmasi tomonidan ajratilgan esdalik sovg’alari topshirildi.
“9 may - Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan tadbir o’tkazildi
7-05-2021 y.
Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yo’qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo’la olmaydi. Tinchlik-xotirjamlik – taraqqiyot garovidir. Biz azal-azaldan tinchliksevar xalqmiz. Aynan shu g’oya targ’ibiga bag’ishlangan buyuk milliy ma’naviy merosimiz bor. Ularning barida tinchlikning qadriga etish targ’ib etiladi, urush esa batamom qoralanadi. 9 mayni Xotira va Qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.
Joriy yilning 7 may kuni Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabida “9 may - Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan keng ko’lamli tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda kasb-hunar maktabi pedagog jamoasi va talabalari xamda O’zbekiston “Adolat” SDP Qorovulbozor tuman Kengashi raisi ishtirok etib, Ikkinchi jahon urushida xalok bo’lgan urush qatnashchilari, front orti mehnat faxriylari, “Afg’on” urushida halok bo’lgan urush qatnashchilari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog’ida halok bo’lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va shu ta’lim muassasida faoliyat yuritib bevaqt olamdan o’tgan xodimlarning xotirasi oldida hurmat bajo keltirildi. “Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlangan tadbirda kasb-hunar maktabi o’qituvchilari va talabalari tomonidan nutq so’zlanib g’alabaga bag’ishlangan kuy va qo’shiqlar ijro etildi.

Xotira va Qadrlash kunini munosib nishonlashdan ko’zlagan bosh maqsadimiz – Vatan himoyachilarini xotirlash, oramizdagi fidoyi insonlarning, tinchlikning qadriga etish, urushni qoralash, tinch-osoyishta yashayotganimiz, turmush farovonligini ta’minlash uchun ter to’kib, unumli mehnat qilayotganimizning shukronasini qilishdan iborat. Bu har qanday kishini ma’nan rag’batlantiradi, uni yashashga, yaratishga, elu yurtga sadoqat va qat’iyat bilan xizmat qilishga undaydi. Zero xotira hamisha muqaddas, qadr azizdir.
